BIZ HAQIMIZDA

Dunyoda aholi sonining ko’payishi va iste’molning ortishi bilan atrof-muhitdagi resurslar kamayib bormoqda. Bu esa o’z navbatida dunyo aholisining turmush tarziga salbiy ta’sir ko’rsatmoqda va yangi resurslarga ehtiyoj keltirib chiqarmoqda.

2021 yilning birinchi choragida INNOWAT O‘zbekiston-Turkiya qo‘shma korxonasi tashkil etilgan. Ushbu hamkorlik aholi turmush tarziga qulay shart-sharoitlar yaratish uchun juda katta kuch va sarmoya bag’ishlamoqda. Kompaniya bugungi kunda O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan loyihalarida bilim va tajribasini infratuzilma va ekologik texnologiyalarga intergratsiya qilgan holda faoliyat yuritmoqda. Atrof-muhit texnologiyalari, avtomatlashtirish va SCADA tizimlarini qurish, suv va oqova suv tizimlarini boshqarish buyicha aqlli tizimlarini o’rnatish xamda ichimlik suvida yo’qotish va sizib chiqishni boshqarish, ichimlik suvi uchun ilg’or biologik tozalash inshootlarini qurish va ulardan foydalanish bo’yicha barcha sohalarda iqtisoslashgan kompaniya sifatida o’z o’rni bor. Yuqori texnologiyali ichimlik va oqova suv tizimlari qurilishi, mavjud tizimlarni rekonstruksiya qilish va boshqa ko’plab sohalarda xizmatlar ko’rsatadi. INNOWAT katta tajribasi bilan O‘zbekistonda texnologik infratuzilma loyihalarini amalga oshirishni davom ettirmoqda.

Sifat, innovatsiya va uzluksizlik maqsadlari bilan o’z faoliyatini davom ettirgan INNOWAT o’zining O’zbek-Turk mutaxassis texnik xodimlari bilan atrof-muhit texnologiyalarini qo’llashda eng yaxshi xizmatni taklif etadi.

VIZYONIMIZ

Hayot manbai ’’suv’’ni odamlarga eng sifatli va sog‘lom tarzda yetkazish va bu yo‘nalishda innovatsion ishlarni ishlab chiqarish orqali O‘zbekistonning eng ilg‘or texnologik tadbiqlarga ega yetakchi brendi boʻlish…

MISSIYAMIZ

Tajribali xodimlarimiz bilan ilg’or texnologiyalardan foydalangan holda jamiyatga foyda keltiradigan innovatsion ekologik echimlarni taqdim etish.

    Ma'lumotlaringizni qoldiring
    va bizning mutaxassislarimiz siz bilan bog'lanadi

      Arizangizni yuboring
      va bizning mutaxassislarimiz siz bilan bog'lanadi