Kompaniyamiz bajarilgan ishlar sifatini yaxshilash, ish joyida sog’liq va xavfsizlikni ta’minlash, shuningdek, atrof-muhitni muhofaza qilish choralarini saqlash bo’yicha sa’y-harakatlarini fidokorona davom ettirmoqda. Ushbu maqsadlarga erishish uchun INNOWAT ISO 9001:2015, ISO 14001:2019,
ISO 45001:2020 sertifikatlariga ega.
Kompaniyamiz tomonidan O’zbekiston Respublikasi uchun noyob bo’lgan ilk membranali bioreaktorlar yordamida tozalash inshootini qurish loyihasi amalga oshirilmoqda. Qurilish-montaj ishlari faol davom etmoqda.
Kompaniyamiz Jizzax viloyatining 7 tuman aholisini markazlashgan ichimlik suvi bilan ta’minlovchi ichimlik suv tozalash inshootida inson omillariga bo‘lgan ehtiyojni minimallashtirib, SCADA avtomatik boshqaruv tizimini yakunladi.
Aholi punktlaridagi turmush sharoitini yaxshilash maqsadida korxonamiz tomonidan yangi uy-joylar qurish bo‘yicha “Obod Qishloq” va “Obod Mahalla” davlat dasturlari doirasida 1 000 km ichimlik va oqova suv tarmoqlari yotqizildi, bugungi kunda qurilish-montaj ishlari davom ettirilmoqda. Yangi infratuzilmalar qurish va mavjud infratuzilmalarni rekonstruksiya qilish natijasida Samarqand, Qashqadaryo va Toshkent viloyatlarida minglab aholi toza ichimlik suvi va kanalizatsiya hizmatlaridan foydalanish imkoniyatiga ega bo’ladi.