Uzunbuloq ichimlik suv tozalash inshootida Scada tizimi
Kompaniyamiz tomonidan Jizzax viloyati 7 tumani aholisini ichimlik suvi bilan taʼminlaydigan loyihaning SCADA va avtomatlashtirish tizimi amalga oshirildi. Bu tizim dunyoning eng rivojlangan davlatlarida keng qoʻllaniladigan, inshootdagi xodimlarga boʻlgan ehtiyojni minimallashtirib, avtomatik boshqaruvni taʼminlovchi onlayn monitoring nazorat va maʼlumotlarni qayd etish hamda hisobot berish tizimidir.

